#Talaba_yutug'i
#Tanlov_natija
"IT QUEENS" RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBI REKTOR TOMONIDAN E’TIROF ETILDI!
🏆 Toshkent shahrida o‘tkazilgan “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining respublika bosqichida Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Nuriddinova Nozima Nuriddin qizi munosib ishtirok etib, yuksak natijaga erishdi.
Quvonarlisi, talaba “Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari” yo‘nalishida o‘zining innovatsion loyihasi bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Institut rektori Mash’al Saidov talabaning ushbu yutug‘ini alohida e’tirof etib, unga tashakkurnoma topshirdi.
🎉 G‘alaba muborak bo‘lsin! Nozima Nuriddinovaga kelgusidagi ilmiy-innovatsion faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
🔂 Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Post #39305
1.69K

- ❤ 13
- 🏆 12
- 🔥 4
- 👍 1
- 👏 1
- 👌 1