ANORBANK mijozlarga xizmat ko‘rsatishni odatdagi rejimda davom ettirmoqda
ANORBANK aksiyadorlaridan biri bilan bog‘liq vaziyat faqat uning shaxsiy masalasi bo‘lib, bank muassasasiga aloqador emas. Buni Markaziy bank rasman tasdiqlab, tarqalayotgan turli axborotlar bankning operatsion jarayonlari va boshqaruviga ta’sir qilmasligini izohladi.
Barcha bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlari uzluksiz ishlamoqda. ANORBANK o‘z faoliyatining uzluksizligini to‘liq ta’minlab, mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarayotganini ta’kidlaydi hamda tasdiqlanmagan anonim xabarlarga tayanmaslikni so‘raydi.
Post #5263
1.44K