TGViewer
SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI @samshahar · 13.4K subscribers
Post #47128 937
📚 “SAMARQAND KITOBXONLARI” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Davlat xizmatchilarining tarixiy bilimlarini oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Samarqand shahar hokimligi tomonidan davlat xizmatchilari o‘rtasida “Samarqand kitobxonlari” tanlovi tashkil etilgan edi.

📖 18-oktabr – "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Muhammadali Yarashev, Samarqand shahridagi “Mash’al” mahallasi yoshlar yetakchisi;

🥈 2-o‘rin — Yulduz Zuftarova, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand shahar elektr ta’minoti ICHTX bo‘limi yetakchi mutaxassisi;

🥉 3-o‘rin — Asadbek Suyunov, Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori hamda Amira Amritdinova, Samarqand shahar gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

🎁 Tanlov g‘oliblari Samarqand shahar hokimligi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👏 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Barchaga mutolaa zavqi, yangi bilimlar va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Zero, kitobxonlik — ma’naviy yuksalish, teran tafakkur va taraqqiyotning muhim omilidir!

🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube  
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
  • 👏 2
  • ❤ 1
More from @samshahar
  1. Oct 17, 2026🏆 “MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT NAMUNASI” SHAHAR KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! 📚 18-okt…
  2. Oct 17, 2026🎬 BIR NAFAR YOSH-BIR NAFAR ISH BERUVCHI. 🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube 📱 Instagra…
  3. Oct 17, 2026🎞 GALAKONSERT VA MUSHAKBOZLIKDAN QOLIB KETMANG! Samarqand shahar Qorasuv maskanidagi "Yan…
  4. Oct 17, 2026Samarqand shahrida joylashgan bino va inshоoatlarni e-auksion.uz platformasi orqali xarid…
  5. Oct 17, 2026🎙GALAKONSERTGA MARHAMAT! Avval xabar qilganimizdek, 18-oktabr – "Samarqand shahar kuni" m…
  6. Oct 17, 2026Bayram munosabati bilan viloyat va shahar hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →