TGViewer
SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI @samshahar · 13.5K subscribers
Post #47134 2.04K
🏆 “MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT NAMUNASI” SHAHAR KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

📚 18-oktabr – "Samarqand shahri kuni" hamda Samarqand shahrida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirish, Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari hamda ma’naviyat xonalari faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va eng namunali maskanlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat namunasi” shahar ko‘rik-tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

🥇 “Eng namunali ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – Samarqand shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi jamoasi;

🥇 “Eng yaxshi mahalla” nominatsiyasi – “Navbog‘chiyon” mahallasi jamoasi;

🥇 “Eng yaxshi tashkilot”
nominatsiyasi – Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi.

🎉 G‘oliblar shahar hokimligi tomonidan diplomlar hamda 15 million so‘mlik kitoblar jamlanmasini xarid qilish uchun vaucherlar bilan taqdirlandilar.

📖 Mazkur tanlov ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

👏 Barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Jamoalarga kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar va yanada yuksak marralarni tilaymiz!

🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube  
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
  • ❤ 5
More from @samshahar
  1. Oct 17, 202618-oktabr – "Samarqand shahri kuni" 🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube 📱 Instagram| 📱…
  2. Oct 17, 2026📸 KONSERT MUSHAKBOZLIK BILAN YAKUNLANDI 🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube 📱 Instagram…
  3. Oct 17, 2026NO COMMENT 🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube 📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
  4. Oct 17, 2026Elimizning suyukli xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev oʻzining xit taronalari bilan bayram k…
  5. Oct 17, 2026Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bayram konserti davomida so‘zga chiqib, 18-oktabr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →