Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga chora ko‘rilyapti
Samarqand shahrida hududlar tozaligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda ko‘chalarda tartibni saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shahar bo‘ylab olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan, qurilish chiqindilarini ko‘cha va yo‘l chetlariga chiqarib qo‘ygan fuqarolar aniqlanib, ularga tegishli tartibda ogohlantirishlar berilib, qoidabuzarlik holatlari yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, shahrimiz tozaligi va obodligi har birimizning mas’uliyatimizdir. Chiqindilarni faqatgina belgilangan joylarga chiqarishingizni, umumiy foydalanishdagi hududlar tozaligiga rioya qilishingizni so‘raymiz!
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Post #47047
1.47K


