❗️AYRIM HUDUDLARDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan yuqori bosimli yer osti gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 14-oktabr kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Ali Qushchi, Uvaysiy, Al-Buxoriy, Nodirabegim, Tojmahal, Xo‘ja Soat, O‘rta Xo‘ja Soat, Yuqori Xo‘ja Soat, Panjob, Ahillik, Kattaqo‘rg‘on, Kamoliddin Behzod, Bo‘ston, Ko‘l, Navbog‘chiyon, Yangqo‘rg‘on, Bekho, Do‘kchiyon, Xo‘ja G‘ulom, Ahmad Yassaviy, Devoli Ko‘ndalang, Mirzo Ulug‘bek, Lolazor, Tadbirkorlar mahallalari hamda Sartepa 5-mikrorayoni.
Mazkur ta’mirlash ishlari sababli 15 646 ta aholi xonadoni va 219 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Post #47057
11.9K

- ❤ 2