Gulobod ko‘chasida obodonlashtirish ishlari davom etyapti
Xabar qilganimizdek, shu kunlarda Gulobod ko‘chasini to‘liq obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ushbu ko‘chadagi ishlarni borishi va mavjud holat bilan tanishib, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ilgari surilgan masalalarga birma-bir to‘xtaldi.
Unda noqonuniy savdo nuqtalarini tartibga keltirish, piyodalar harakati uchun qulaylik yaratish hamda yashil hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va ko‘cha hududini tozalash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mavjud daraxt va ko‘chatlarni asrash hamda ko‘chaning umumiy qiyofasini yanada obod qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Post #47019
1.17K




- 👍 4