TGViewer
SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI @samshahar · 13.4K subscribers
Post #46846 1.89K
Gulobod ko‘chasida obodonlashtirish ishlari kuchaytiriladi

Samarqand shahrida ko‘chalarini yanada tartibli va ko‘rkam qiyofaga keltirish, aholi hamda piyodalar uchun qulay shahar muhitini yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Shu maqsadda shahar rahbari Fazliddin Umarov Gulobod ko‘chasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni o‘rgandi. Xususan, ko‘cha savdosini tartibga solish, noqonuniy savdo nuqtalarini bartaraf etish, piyodalar uchun erkin va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini ta’minlash va sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo nuqtalarini belgilangan tartib asosida tashkil etish, piyodalar yo‘laklarini to‘sib qo‘yayotgan noqonuniy savdo nuqtalarini tartibga olish, hududni chiqindilardan tozalash va ko‘chaning umumiy qiyofasini yanada obod qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yashil hududlarni tartibga keltirish, mavjud daraxt va ko‘chatlarni asrab-avaylash, hududni qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirish hamda yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilandi.

🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube  
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
  • ❤ 5
More from @samshahar
  1. Oct 12, 2026🎞 NO COMMENT 🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube 📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
  2. Oct 12, 2026Gulobod ko‘chasida obodonlashtirish ishlari davom etyapti Xabar qilganimizdek, shu kunlard…
  3. Oct 12, 2026🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 Qiyinchilik aqlning charxi-yu, g‘ayratning qayrog‘i bo‘lar ekan. ✍🏻…
  4. Oct 12, 2026AZIM SAMARQAND SHAHRIM, XAYRLI TONG! ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 1️⃣2️⃣➖oktabr kuni Samarqand shahri hududid…
  5. Oct 11, 20263-sektor rahbari sayyor qabul o‘tkazdi Samarqand shahar 3-sektor rahbari, polkovnik Abdura…
  6. Oct 11, 2026🌍 САМАРҚАНД ШАҲРИДА ХАЛҚАРО ФИЗИКА ОЛИМПИАДАСИ ОЧИЛИШ МАРОСИМИ БЎЛИБ ЎТМОҚДА! Айни пайтда…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →