#KelajakkaInvestitsiya
#MaktabgaXavfsizHarakat
📚 Bilim sari yo’l: “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi
🚌 Respublika “Kelajak” markazi va HAYOT jamg’armasi hamkorligida “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi yo’lga qo’yilgan. Mazkur tashabbus olis hududlarda yashovchi bolalarning maktabga oson, qulay va xavfsiz yetib borishlari uchun xizmat qilmoqda.
💵 Loyiha doirasida Respublika “Kelajak” markazi tomonidan ta’lim tizimiga bugunga qadar avtotransport ko’rinishida jami 8 mlrd so’m investitsiya jalb qilindi.
📍 Birinchi bosqichda shu yilning aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, va Samarqand, viloyatlari “Kelajak” markazlariga;
📍 Ikkinchi bosqichda esa oktabr oyida Buxoro va Toshkent viloyati "Kelajak" markazlariga mikroavtobuslar topshirildi.
🚍 2027-yilning may oyiga qadar loyiha doirasida yana 10 ta mikroavtobus hududlarga topshirilishi reja qilingan.
👨👩👦 Loyiha o’quvchilarni qo’shimcha ta’limga qamrab olish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Xususan, bolajonlarni maktabdan keyin “Kelajak” markazlaridagi to’garaklarga jalb qilish, qiziqishlarini rivojlantirish hamda kasb-hunar o’rganishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube
Post #14334
382