📌Samarqand davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Subxon Abbosov rahbarligidagi delegatsiya Xitoyning Lanchjou universiteti vakillari bilan uchrashdi.
🎓Uchrashuvda geografiya, gidrologiya va arxeologiya yo‘nalishlari vakillari ishtirok etib, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, ekologiya va arxeologik tadqiqotlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi hamda ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
🗒Shuningdek, delegatsiya a’zolari Xitoy Fanlar akademiyasining Shimoli-g‘arbiy ekologiya va atrof-muhit resurslari instituti faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur ilmiy muassasa qurg‘oqchil hududlar ekologiyasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari hamda mintaqaviy ekologik jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
Post #60964
1.8K



