TANIQLI PROFESSORNING MAHORAT DARSLARI
📌Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida Qozog‘iston Respublikasining L. N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti professori, arxitektura fanlari doktori Qaldibay Arynov ishtirokida xalqaro ilmiy seminar hamda bakalavriat talabalari uchun dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir “Me’moriy meros — turizmni rivojlantirishning muhim omili: tarixiy obidalarni saqlash, zamonaviy foydalanish va barqaror rivojlanish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlandi.
🗒Me’moriy merosni asrash, tarixiy obidalardan zamonaviy foydalanish, landshaftni loyihalashda tarixiy-madaniy muhitni hisobga olish hamda turizmni barqaror rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
Post #60809
2.07K


