TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.5K subscribers
Post #60738 1.68K

Forwarded from Samarqandim jurnali

Samarqand davlat universitetida “Academia HERO” oliy ta’lim rahbarlari forumi bo‘lib o‘tdi

📌Samarqand davlat universiteti “Academia by Serosoft “ tomonidan Academia HERO tashabbusi doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari forumiga mezbonlik qildi. Tadbirda raqamli transformatsiya, zamonaviy universitet boshqaruvi, sun’iy intellekt (SI) hamda universitetlararo hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

🗒Anjumanni “Academia by Serosoft” kompaniyasi vitse-prezidentining yordamchisi Rahul Pandey kirish so‘zi bilan ochdi. “Academia by Serosoft” asoschisi va bosh direktori Arpit Bajatya global ta’lim texnologiyalari tendensiyalari hamda oliy ta’lim boshqaruvini modernizatsiya qilish haqida ma’ruza qildi.

👤Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori, professor Akmal Ahadov universitetning ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik va akademik yetuklik haqida so‘zladi.

🎓So‘ngra ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar institusional rivojlanish, raqamli innovatsiyalar, boshqaruv samaradorligi hamda kelgusidagi hamkorlikning imkoniyat va qiyinchiliklari borasida fikr almashdilar. “Academia by Serosoft” jamoasi Academia SIS 4.0 – Talabalar axborot tizimini taqdim etdi.

📎Samarqand davlat universitetining transformatsiya markazi direktori Mohd Nazish Khan anjuman ishtirokchilariga faollik uchun minnatdorchilik bildirdi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🤩 1
More from @samdueduuz
  1. Oct 14, 2026📌Samarqand davlat universitetida sportning shaxmat turi bo'yicha "Rektor kubogi" boshland…
  2. Oct 14, 2026📌Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti 2-bosqich…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →