Davlatimiz rahbari bu ishga bilimi va kuchini bag‘ishlagan har bir insonga minnatdorlik bildirdi.
Yangi avlod darsliklari milliy qadriyatlar bilan birga bolalarda Vatanga muhabbat, tabiatni asrash va suvni tejash tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ular raqamli texnologiyalar, moliyaviy savodxonlik va kelajak kasblariga qiziqishni, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Prezidentimiz bu kitoblar o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashga undagani, pedagogika oliygohlarini o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirishga harakatlantirganini ta’kidladi. 2030-yilga qadar 8-11-sinflar uchun darsliklarni yangilash ishlari ham oxiriga yetkaziladi.
– Maqsadimiz aniq – har bir o‘quv yili bolaga keyingi bosqich uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin! Bitiruvchi maktabni hayotga tayyor, o‘z bilimiga, o‘z kuchiga ishongan holda tamomlasin!
– dedi davlatimiz rahbari.
“Eng avvalo, farzandlarimizga, ularning iste’dodi, qobiliyati, kelajagiga ishonaman!”.
Prezidentimiz bolalar eng yaxshi ta’lim, eng yaxshi sharoit va eng yaxshi kelajakka munosib ekanini alohida ta’kidladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
