– Ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘inidir,
– dedi Prezidentimiz.
O‘n yilda 1 million 800 ming o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.
Davlatimiz rahbari ta’limda binolar va sharoit bilan birga, eng avvalo, mazmun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Biz bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik”,
– dedi u islohotlarning eng katta natijasi haqida to‘xtalib.
Har bir bola o‘qishi, izlanishi, kamol topishi va katta orzular bilan yashashi kerak. Bu orzular ro‘yobga chiqishi uchun esa eng yaxshi darsliklar, kuchli va malakali o‘qituvchilar zarur.
– Biz bugun bolaga nimani bersak, ertaga uning natijasini mamlakat kelajagida ko‘ramiz,
– dedi Prezidentimiz.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
