TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.7K subscribers
Post #60177 1.59K

Forwarded from Samarqandim jurnali

🇺🇿O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!

Samarqandda tarix yozildi!

O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17.

Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.

Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.

🇺🇿O‘zbekiston tarkibi:

Javohir Sindarov
Nodirbek Abdusattorov
Nodirbek Yakubboyev
Shamsiddin Vohidov
Muhiddin Madaminov

Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan.

O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq:

🥇 2022, Chennai — OLTIN
🥉 2024, Budapesht — BRONZA
🥇 2026, Samarqand — OLTIN

Demak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi.

Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi.
2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi.

Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi.

Chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

#ChessOlympiad #Samarkand2026

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
  • ❤ 18
  • 👏 10
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 🎉 1
More from @samdueduuz
  1. Sep 27, 2026📌Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish insti…
  2. Sep 27, 2026📌Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti ma…
  3. Sep 27, 2026📌Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti fizikaviy va kolloid kimyo kafedras…
  4. Sep 27, 2026SamDU olimlari “Gio Sustainable BRICS 2026” xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etmoqd…
  5. Sep 27, 2026#Ob_havo ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram…
  6. Sep 26, 2026Tadbirkorlik tafakkuri va biznes imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →