Samarqand davlat universiteti mutasaddilari 12-sonli talabalar turar joyi faoliyati bilan tanishdi
📌Samarqand davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Murodov, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sharif Absalomov hamda telekommunikatsiya va kompyuter injiniringi fakulteti dekani Dilfuza Yoqubjonova 12-sonli talabalar turar joyida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🗒O‘rganish davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, binoning xavfsizlik holati, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi o'rganildi. Talabalar turar joyi ma’muriyati va talabalar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining mavjud emasligiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
Post #60147
2.13K



- ❤ 5
- 👍 2