TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.7K subscribers
Post #60101 2.52K
TIBBIY PROFILAKTIK TADBIR

🔎Yurak-qon tomir va syerebrovaskulyar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

🗒Samarqand davlat universitetining Biokimyo institutida yurak-qon tomir hamda syerebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti asisstenti, terapevt-kardiolog A. Ro‘ziyeva ishtirok etib, talabalarga yurak faoliyati, yurak-qon tomir kasalliklarining, yurak urish maromi buzilishlarining oldini olishning hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida muhim ma’lumotlar berdi.

👥Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish, muntazam jismoniy faol bo‘lish, vaznning orttirishdan saqlanish, arterial qon bosimini, qondagi glyukoza va xolesterin miqdorini nazorat qilish usullari va imkoniyatlari tushuntirildi.

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • 👏 4
  • ❤ 3
More from @samdueduuz
  1. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti ro…
  2. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universitetida xalqaro konferensiya o'tkaziladi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlar…
  3. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universiteti Sun'iy intellekt va axborot tizimlari kafedrasi mudiri dot…
  4. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universitetida xalqaro konferensiya o'tkaziladi... ✔️ Ijtimoiy tarmoqla…
  5. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biok…
  6. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universitetida xalqaro konferensiya o'tkaziladi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →