UNIVERSITETDA SAYYOR QABUL
📌Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti sayyor qabul o‘tkazildi.
🎓Sayyor qabulda o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Soleyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Murodov, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sharif Absalamov, masofaviy va sirtqi ta’lim boʻlimi boshlig‘i Bekzod Xudoyberdiyev, institut direktorlari va fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
🗒Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga ijobiy yechimlar berildi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Murodov qabul ishtirokchilariga universitet talaba-yoshlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda barcha mas’ullar birdek harakat qilishligimiz, uni keltirib chiqaruvchi sabablari va oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
💬Shu bilan birga barcha mutasaddi xodimlarni halollikka chaqirib, o‘z ish faoliyatlariga vijdonan va mas’uliyat bilan yondashishlari, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jinoiy holatlar ro‘y bergan taqdirda jazo muqarrarligi to‘g‘risida tushunchalar berdi. Sayyor qabul qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda takliflar kiritdilar.
✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
Post #60048
2.37K










- 👍 3