TGViewer
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal @sambojxonauz · 1.41K subscribers
Post #19873 239
Samarqandda ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi

Samarqand xalqaro turizm markazida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida "Harbiy-yugur" va "Talaba-yugur" ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etildi.

Qariyb 5 ming nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur musobaqada Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, sport va sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishlarini namoyon etdilar.

Ishtirokchilar 3 kilometr masofaga yugurib, oʻzlarining jismoniy tayyorgarligi va irodasini sinovdan oʻtkazdilar.

Bunday ommaviy sport tadbirlari xodimlar salomatligini mustahkamlash, jamoaviylik va hamjihatlikni rivojlantirish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga xizmat qiladi.
 
✅Bizga Ulanish: @sambojxonauz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
More from @sambojxonauz
  1. Oct 15, 2026Chet eldan telefon olib kelyapsizmi? ✈️ Aeroportda telefonni bojxona nazoratidan o‘tkazish…
  2. Oct 15, 2026Chamadonda kishan va jangovar patron aniqlandi Bojxona chegaralari orqali olib oʻtilayotga…
  3. Oct 15, 2026Samarqand viloyati bojxona boshqarmasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi Djalilova Soxiba…
  4. Oct 14, 2026Post #19867
  5. Oct 14, 2026#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgar…
  6. Oct 13, 2026📊 Samarqand viloyatida eksport hajmi oshdi 2026-yilning yanvar– sentyabr oylarida Samarqa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →