📊 Samarqand viloyatida eksport hajmi oshdi
2026-yilning yanvar– sentyabr oylarida Samarqand viloyatining eksport hajmi 908,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 78,2 mln. AQSH dollariga yoki 9,4 foizga koʻp demakdir.
Eksport tarkibida asosiy ulushni quyidagi mahsulotlar egalladi:
🍇🍒 Meva-sabzavot mahsulotlari – 259,9 mln. AQSH dollar yoki 28,6%;
⚙️🔩 Metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 206,9 mln. AQSH dollar yoki 22,8%;
🚐🚙 Transport va uning ehtiyot qismlari – 86,7 mln. AQSH dollar yoki 9,5%;
🍶🎁 Oziq-ovqat mahsulotlari – 98,0 mln. AQSH dollar yoki 10,8%;
👕👖 Toʻqimachilik mahsulotlari – 85,7 mln. AQSH dollar yoki 9,4%;
🚬 Tamaki mahsulotlari – 56,9 mln. AQSH dollar yoki 6,3%;
⌛️ Kimyo sanoati mahsulotlari – 15,8 mln. AQSH dollar yoki 1,7%;
Shuningdek, tirik hayvonlar, yem-ozuqa, tosh-keramika va shisha buyumlari, elektrotexnika, plastmassa va rezina, mineral mahsulotlar, texnologik asbob-uskunalar hamda boshqa turdagi mahsulotlar eksporti ham viloyat tashqi savdosida munosib oʻrin egalladi.
📈 Eksport hajmidagi barqaror oʻsish Samarqand viloyatining eksport salohiyati tobora ortib borayotganini koʻrsatmoqda.
✅Bizga Ulanish: @sambojxonauz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #19864
364

- 👍 5
- 🔥 2
- 🙏 2
- ❤🔥 1