TGViewer
SamATI | Rasmiy kanali SamATI | Rasmiy kanali @samati_rasmiy · 1.92K subscribers
Post #13246 674
📌Institutda “Chorshanba - Sport kuni” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 14-oktabr kuni ertalabdan O‘zLiDeP Oqdaryo tuman kengashi bilan hamkorlikda “Chorshanba -Sport kuni” doirasida sport tadbiri tashkil etildi.
🏃Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida ertalabki yugurish mashqlari hamda sport murabbiyi boshchiligida badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🎤Tadbirda institutning birinchi prorektori U.Nurullayev hamda O‘zLiDeP Oqdaryo tuman kengashi rahbari N.Ro‘ziyeva so‘zga chiqib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida fikr bildirdilar. Shuningdek, bunday tadbirlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
🏆Tadbir yakunida yigitlar va qizlar o‘rtasida yuqori natijalarni qayd etgan 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblariga O‘zLiDeP tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🏆Yigitlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin: Jumadullayev Behruz - Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, 06-26-guruh talabasi.
🥈2-o‘rin: Xudoyberdiyev Umid - Agrobiologiya fakulteti, 12-26-guruh talabasi.
🥉3-o‘rin: Baxronov Shaxobiddin - Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, 06-26-guruh talabasi.

🏆Qizlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin: Norova Mushtariy - Agrobiologiya fakulteti, 15-25-guruh talabasi.
🥈2-o‘rin: Sayidqulova Zulfiya - Agrobiologiya fakulteti, 08-26-guruh talabasi.
🥉3-o‘rin: Jumayeva Sayyora - Agrobiologiya fakulteti, 13-24-guruh talabasi.

✅Tadbirning asosiy maqsadi - professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kunni tetik va ko‘tarinki ruhda boshlash madaniyatini shakllantirishdan iborat.

💯Sog‘lom hayot - faol harakatdan boshlanadi!

#SamATI #ChorshanbaSportKuni #Sport #Sog‘lomTurmushTarzi #Yoshlar

🤓SamATI Axborot xizmati

📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube
  • ⚡ 3
  • 🤩 3
  • 👌 2
  • 💯 1
More from @samati_rasmiy
  1. Oct 15, 2026✅15 – oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni 🌱Hozirgi kunga kelib shahar va qishloqlar oras…
  2. Oct 15, 2026😊SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! 🗓Bugun Samarqandda…
  3. Oct 15, 2026😊SamATI yoshlari "Talaba yugur - 2026" marafonida faol ishtirok etdi 🗓Bugun Samarqand "I…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →