TGViewer
SamATI | Rasmiy kanali SamATI | Rasmiy kanali @samati_rasmiy · 1.92K subscribers
Post #13282 433
✅15 – oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni

🌱Hozirgi kunga kelib shahar va qishloqlar orasidagi farq tobora kamayib bormoqda. Zero, qishloqlarda ham zamonaviy uylar, kattadan katta do’konlar-u turli o’yingohlar, ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar qad rostlamoqda. Lekin shunday bo’lsa-da, qishloq ayollari boshqalarga nisbatan, samimiyligi, mehnatkashligi, soddaligi va mehmondo’stligi bilan ajralib turadi.
Ha, ular murakkab bo’lmagan oddiy uy yumushlarini bajaradilar, tomorqasi-yu bog’idan farzandlari uchun sabzavot-mevalar yetishtiradilar. Ba’zan esa butun dunyodan “uzilgan” holda oilasi bilan tinch va baxtli yashaydiganlar ham ular…
💧Bugun ana shunday ayollarni faqat eslab qo’yadigan kun emas, bugun ularning jasoratlarini olqishlaydigan, milliy qadriyatlarimizdagi o’rni naqadar muhimligini anglaydigan va, aytish mumkinki, ularning oddiy va qishloq havosidek “toza” baxtiga havas qiladigan kundir.

P.s: rasm AI yordamida yaratilgan.

🤓 SamATI Axborot xizmati

📱Website 📱Telegram 📱Facebook
📱 Instagram 📱 YouTube
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 👌 1
More from @samati_rasmiy
  1. Oct 15, 2026Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administra…
  2. Oct 15, 2026😊SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! 🗓Bugun Samarqandda…
  3. Oct 15, 2026😊SamATI yoshlari "Talaba yugur - 2026" marafonida faol ishtirok etdi 🗓Bugun Samarqand "I…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →