Til — millat ko‘zgusi, ma’naviy boyligi va o‘zligimiz timsoli. Til bor ekan, millat barhayot, uning tarixi, qadriyatlari va madaniyati yashaydi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni oldidan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari ona tilimizni madh etuvchi she’rlarni ifodali ijro etishdi.
💐 Jonajon tilimiz — qalbimizga eng yaqin, milliy g‘ururimiz va faxrimiz manbai. Istaymizki, xalqimizni birlashtirib, urf-odatlarimiz, an’analarimiz va madaniyatimizni asrab kelayotgan ona tilimizning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yanada ortib boraversin!
Ona tilimiz — millatimiz faxri, qalbimiz iftixori!
✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!
Post #46136
3.96K