✅ ISFTda umummilliy diktant: savodxonlik va tilga sadoqat sinovi!
✍️Bugun ISFT instituti Samarqand filialida Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan umummilliy diktant o‘tkazildi.
📚Unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ishchi-xizmatchilar ishtirok etib, o‘zbek tilida savodxonlik, imlo qoidalariga rioya qilish va yozma nutq madaniyatiga e’tibor qaratdilar.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli. Uni asrash, qadrlash va ravnaqiga hissa qo‘shish barchamizning sharafli burchimizdir!
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube




