TGViewer
ISFT Samarqand filiali ISFT Samarqand filiali @samarqand_isft · 2.98K subscribers
Post #3210 650

Forwarded from Edu.uz

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #ilmfan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

➖ maktabgacha ta’limdan tortib oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlar yagona vertikal sifatida ishlaydi, takrorlanuvchi vazifalar qisqartirilib, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi hamda boshqaruv to‘liq raqamlashtiriladi;

➖ bog‘cha ta’limida bolalarning qiziqish va qobiliyatlari erta aniqlanadi, dastur va metodikalar yangilanib, tarbiyachilar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi;

➖ maktab ta’limida darsliklar yangilanadi, pedagoglarga metodik yordam berishda sun’iy intellektdan foydalaniladi, ayrim maktablarda ingliz tilida o‘qitish tajribasi joriy etiladi hamda xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi;

➖ kasbiy ta’lim bo‘yicha dasturlar mehnat bozori talablariga moslashtiriladi, korxonalar bilan birgalikda dual ta’lim kengaytiriladi hamda xalqaro dasturlar joriy etiladi;

➖ oliy ta’limda universitetlar mustaqilligi kengaytiriladi, davlat aralashuvi kamaytirilib, rektorlarning natija uchun mas’uliyati oshiriladi hamda ta’lim ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiriladi;

➖ ilm-fan sohasida ilmiy klasterlar tashkil etilib, ilmiy izlanishlar natijalari asosida yangi mahsulotlar va korxonalar yaratiladi.

Prezident ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarurligini, har bir rektor o‘z oliygohining yaqin va o‘rta istiqboldagi aniq rivojlanish rejasiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @samarqand_isft
  1. Oct 8, 2026MAHORAT DARSIGA BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ! Oliygohimizda “Fan o‘qitishda raqamli texnolog…
  2. Oct 8, 2026document post
  3. Oct 8, 2026document post
  4. Oct 8, 2026🏆 KATTA MAQSADLAR — KATTA IMKONIYATLARDAN BOSHLANADI! Prezident va nomli davlat stipendiy…
  5. Oct 8, 2026SAN’AT HAFTALIGI: KINODAN — TAASSUROTGA! 🎬Talabalik faqat dars va auditoriyadan iborat em…
  6. Oct 7, 2026🇺🇿🇺🇸 Illinois Tech bilan hamkorlik doirasida talabalar uchun Information Session o‘tka…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →