ISFT Institute Belarus Respublikasidagi Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Hamkorlikning dastlabki bosqichida universitet tomonidan 2026-yil davomida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy konferensiyalar ISFT jamoasi e’tiboriga havola etilmoqda.
📚 Konferensiyalar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
— adabiyot, poetika va tilshunoslik;
— ekologiya va atrof-muhit muammolari;
— psixologiya va shaxsning ijtimoiylashuvi;
— ijtimoiy-madaniy va etno-konfessional jarayonlar;
— yoshlar siyosati va tarbiya;
— oliy ta’lim va kadrlar tayyorlash;
— zamonaviy ilmiy-ta’limiy tadqiqotlar.
📅 Konferensiyalar 2026-yil 24-sentabrdan 11-dekabrgacha turli sanalarda o‘tkaziladi.
📚 Xalqaro ilmiy konferensiyalar
1. XXI Международная научная конференция
“Взаимодействие литератур в мировом литературном процессе. Проблемы теоретической и исторической поэтики”
“Jahon adabiy jarayonida adabiyotlarning o‘zaro ta’siri. Nazariy va tarixiy poetika muammolari”
📅 24–26 sentabr 2026-yil
2. XXI Международная научно-практическая конференция
“Актуальные проблемы экологии – 2026”
“Ekologiyaning dolzarb muammolari – 2026”
📅 1–2 oktabr 2026-yil
3. IX Международная научно-практическая конференция
“Актуальные проблемы психологии личности и социального взаимодействия”
“Shaxs psixologiyasi va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarning dolzarb muammolari”
📅 8 oktabr 2026-yil
4. Международная научная конференция
“Социокультурные и этно-конфессиональные процессы в современном обществе”
“Zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy va etno-konfessional jarayonlar”
📅 21 oktabr 2026-yil
5. III Международная научно-методическая конференция
“Молодёжная политика и воспитание в современных условиях”
“Zamonaviy sharoitlarda yoshlar siyosati va tarbiyasi”
📅 29–30 oktabr 2026-yil
6. XVIII Международная научная интернет-конференция
“Совершенствование системы подготовки кадров в вузе: направления и технологии”
“Oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish: yo‘nalishlar va texnologiyalar”
📅 11 noyabr 2026-yil
7. Международная студенческая научно-практическая онлайн конференция
“Язык без границ: старт в большую науку”
“Chegarasiz til: katta ilm-fan sari ilk qadamlar”
📅 12 noyabr 2026-yil
8. XIII Международная научно-практическая конференция
“Социализация личности на разных этапах возрастного развития: опыт, проблемы, перспективы”
“Shaxsning yosh rivojlanishining turli bosqichlarida ijtimoiylashuvi: tajriba, muammolar va istiqbollar”
📅 13 noyabr 2026-yil
9. XV Коложские открытые областные научно-образовательные чтения
“XV Koloja ochiq viloyat ilmiy-ta’limiy o‘qishlari”
📅 10–11 dekabr 2026-yil
🎓 Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar o‘z ilmiy yo‘nalishlariga mos konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.
📩 Ishtirok etish, konferensiya talablari va batafsil ma’lumotlarni olish uchun ISFT Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
📲 Murojaat uchun:
Telegram: @IR_office_0_1
