⭐️Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, zararli odatlarning oldini olish va bu borada to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biri.
👉Shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 24-sentabr kuni “Antinarko yoshlar front ofislari” va “Yosh targ‘ibotchi guruhlari” a’zolari uchun onlayn o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda OTM Yoshlar yetakchilari hamda faol talabalardan iborat “Yosh targ‘ibotchilar guruhlari” a’zolari ham faol ishtirok etdi.
👨💻Seminar davomida yoshlar bilan ishlash, zararli odatlarning oldini olish, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va tengdoshlar orasida ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlarning ahamiyati shundaki, yoshlar nafaqat muammolar haqida eshitadi, balki ularning oldini olishda o‘z hissasini qo‘shish uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘ladi.
🤞Zero, sog‘lom kelajak — avvalo ongli tanlov, faol pozitsiya va bir-birimizga befarq bo‘lmaslikdan boshlanadi.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube



