TGViewer
Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi @samarkandinnovation · 450 subscribers
Post #3446 107
#Mohirlik_va_biznes_soati

✅Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari

Yoshlarning tadbirkorlik va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda zamonaviy biznes ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosi doirasida umumta’lim maktablarida tizimli ravishda «Mohirlik va biznes soati» amaliy darslari tashkil etib kelinmoqda.

📍 Navbatdagi manzil — Urgut tumani maktablari:
Urgut tumanidagi 13, 15 hamda 156-umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi.

💡Dars mavzusi: «Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari» (4-mavzu)

✍️Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchi-yoshlarga:
🔹Oddiy biznes va innovatsion startap o‘rtasidagi asosiy farqlar;
🔹Muammoni aniqlash va unga texnologik/innovatsion yechim taklif qilish;
🔹G‘oyadan mahsulot (MVP) yaratishgacha bo‘lgan dastlabki bosqichlar;
🔹Startap loyihalarni shakllantirish, jamoa tuzish hamda mavjud grant va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yo‘llari sodda va hayotiy misollar orqali tushuntirildi.


Interfaol ruhda o‘tgan darslarda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan yangi g‘oyalar, maktab sharoitida boshlash mumkin bo‘lgan kichik loyihalar yuzasidan mutaxassislarga savollar berib, amaliy tavsiyalar oldilar.

🚀«Mohirlik va biznes soati» darslari yoshlarning innovatsion tafakkurini yuksaltirish va kelajakdagi istiqbolli startapchilar avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi!


🕊Bizni kuzatib boring!
More from @samarkandinnovation
  1. Oct 15, 2026#Yoshlar_kuni #startap ✅ "G'oyadan - muvaffaqiyat sari" shiori ostida startap loyihalar ta…
  2. Oct 15, 2026Boku shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choral…
  3. Oct 15, 2026#InnoWeek_2026 🇯🇵 Mamoru Sakai — JICAning O‘zbekistondagi bosh vakili “InnoWeek–2026” do…
  4. Oct 15, 2026#Tanlov “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi Samarqand…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →