TGViewer
Channel Public Channel
Rus tili o'qituvchisi

Rus tili o'qituvchisi

@rus_tilifani

✅ Testlar, nazorat ishlar, tezislar, to‘garaklar va yillik fan konspektlar
✅ Dars ishlanma va slaydlar, ko‘rgazma va tarqatmalar, faxriy yorliq, diplom, tashakkurnomalar va boshqa hujjatlarni tayyorlab beramiz
✅ Tel:91669-34-74 Telegram:@talimxizmatlar
Subscribers
6.41K
Photos
203
Videos
61
Links
50
Recent Posts 15 shown
Post #1267 3.93K
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarning mehringiz, sabringiz, fidoyiligingiz va mashaqqatli mehnatingiz tufayli yosh avlod bilimli, odobli va Vatanga sadoqatli bo‘lib voyaga yetmoqda. Har bir bergan sabog‘ingiz, aytgan nasihatingiz va ko‘rsatgan e’tiboringiz qalblarda abadiy iz qoldiradi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu baraka, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Shogirdlaringiz kamolini ko‘rib, doimo e’zoz va hurmatda yuring!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 15
  • 🔥 4
Post #1266 5.67K
OTA-ONALAR UCHUN MASLAHATLAR: Farzandingizning ta’limida qanday yordam berish mumkin?

Farzandingizning o‘qish jarayonini qo‘llab-quvvatlash – uning muvaffaqiyatli ta’lim olishida muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi maslahatlar orqali siz bolangizning bilim olishiga samarali yordam bera olasiz.

1. O‘quv muhitini yaratish
Farzandingiz uchun tinch, yorug‘ va qulay o‘qish burchagini tashkil qiling. Kitoblar, daftarlar va boshqa o‘quv qurollari har doim qo‘l ostida bo‘lishi kerak.

2. O‘quv jadvalini tuzish
Farzandingiz bilan birga dars qilish va mustaqil o‘rganish uchun aniq jadval tuzing. Bu vaqtni rejalashtirish va o‘z vazifalarini bajarishda unga yordam beradi.

3. O‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish
Bolangizni yangi narsalarni bilishga undang. Ilmiy tajribalar qilish, qiziqarli kitoblar o‘qish yoki ta’limiy videolarni birga ko‘rish orqali uning qiziqishini oshirish mumkin.

4. Uy vazifalariga yordam berish
Uy vazifasini bajarishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsating, lekin uning o‘rniga ishlamang. Savollar orqali yo‘naltiring va to‘g‘ri javoblarni o‘zi topishga rag‘batlantiring.

5. Rag‘batlantirish va motivatsiya
Farzandingizning muvaffaqiyatlarini doimo e’tirof eting va uni rag‘batlantiring. Bu uning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.

6. O‘qituvchilar bilan aloqada bo‘lish
Maktab yoki maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘ling. O‘qituvchilarning tavsiyalarini inobatga olib, farzandingizning ta’lim jarayoniga faol qo‘shiling.

7. Texnologiyalardan samarali foydalanish
Zamonaviy ta’lim platformalari va ilovalardan foydalanishga e’tibor qarating. Onlayn kurslar, interfaol darslar va ta’limiy o‘yinlar farzandingizning bilimini mustahkamlashga yordam beradi.

8. O‘rnak bo‘lish
Farzandingiz sizning harakatlaringizdan ilhomlanadi. Agar siz kitob o‘qisangiz, doimiy o‘rganishga harakat qilsangiz, u ham shunday bo‘lishga intiladi.

9. Sabrli bo‘lish
Har bir bolaning o‘ziga xos o‘qish sur’ati bor. Agar u biror narsani darrov tushunmasa, sabr bilan tushuntiring va rag‘batlantiring.
Farzandingizning ta’lim jarayonida faol ishtirok etib, unga to‘g‘ri yo‘nalish bersangiz, u yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam bera olasiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz uning kelajagi uchun katta ahamiyatga ega!

➡️ BARCHAGA OTA-ONALARGA ULASHING
Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 9
Post #1265 3.18K
HAZILGA O‘XSHASH XAQIQATLAR

DIREKTOR -  bir qo'lida qamchi va bir qo'li bilan хodimlari boshini silab turguvchi jon kuyar rahbar.

ZAVUCH - dars o'tilmay qolsa, hech kimni ayamaydigan haqiqat noziri.

ZAM DIREKTOR -  urmaydi, so'kmaydi, ammo vaziyatga ko'ra ish tutuvchi  donolar donosi.

QOROVUL -  ofarin, tinchlik posbonlari.

FARROSHLAR -  siz borsizki, maktab sarishta.

KUTUBXOHACHI  - devon bekasi.

PSIXOLOG - hali bir to'хtamga kelinmagan soha.

O‘QITUVCHI - manaviyat va ma'rifat, ongu-tafakkurning Sulton va malikalari.

ISH REJA -  har yili sanasi o‘zgartirilib qog‘ozga chiqariladigan qog‘oz.

DARS TAHLILI -  qo‘ldan-qo‘lga o'tib, ohir-oqibat yo'q bo'lib ketadigan daftar.

OCHIQ DARS  - teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi.

DARS JADVALI  - kelishuvga asosan tuziladigan bitim.

USTAMA  - toshga sol, baxtingdan ko'r.

TEKSHIRUV  - nogahon tushgan tarsak.
Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 2
Post #1264 2.49K
​🔔Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

☑️ 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”
2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”
2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 3
Post #1258 2.45K
RUS TILI DARSI ENDI ZERIKARLI EMAS ❌

2-3-4-5-6-7-8-9-10-11 sinfgacha RUS TILI dan maktab darsligi asosida tuzilgan qo'llanmalarni qo’lga kiriting va har bir darsingizni ochiq darsdek o’ting👩‍🏫🤓

INTENSIV RUS TILI  kanalida biz sizga har bir mavzu uchun

🎁 NIMALAR BERAMIZ:

✅ Ochiq dars ishlanmalari
✅ Professional prezentatsiyalar
✅ Viktorinalar to'plami
✅  Elektron doska o’yinlari
✅ Qiziqarli metodlar
✅Tarqatma materiallar

2-3-4-5-6-7-8-9-10-11 SINFLAR RUS TILI fanining har bir  mavzulariga qo’llanmalar BITTA GURUHDA 📚

Bepul na’muna va batafsil ma’lumot uchun Intensiv Rus tili kanaliga a’zo  boling👇👇👇

https://t.me/rustilidarslarintensiv
https://t.me/rustilidarslarintensiv

@intensivdars1
  • ❤ 8
  • 🔥 2
Post #1257 5.12K
⚡️2026/2027-o'quv yili uchun kalendar

Choraklikdagi o‘quv kunlari
1-chorak: 2-sentabrdan 3-noyabrgacha
2-chorak: 10-noyabrdan 27-dekabrgacha
3-chorak: 11-yanvardan 20-martgacha
4-chorak: 28-martdan 25-maygacha


Ta’til
Kuzgi: 4-noyabrdan 9-noyabrgacha
Qishki: 28-dekabrdan 10-yanvargacha
Bahorgi: 21-martdan 27-martgacha
Yozgi: 25-maydan 1-sentabrgacha

Bayram kunlari 2026/2027
1-sen. 2026 Mustaqillik kuni
1-okt. 2026 O‘qituvchi va murabbiylar kuni
8-dek. 2026 Konstitutsiya kuni
1-yan. 2027 Yangi yil
8-mar. 2027 Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mar. 2027 Navro‘z
9-may 2027 Xotira va qadrlash kuni

“Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 6
Post #1256 3.83K
⚡️Sinf xonalarga o’quv jihozlarini (parta, stol-stul) joylashtirishda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak

Umumta’lim maktablarida maktablarni saqlanishi va o’quvchilarni o’qitilishiga qo’yiladigan sanitar epidemiologik talablar (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak

— 2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;

— Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;

— Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;

— Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;

— Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;

— Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;

— Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.

“Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 3
Post #1255 3.96K
#Биласизми
❓Мактабларда синф раҳбарлик ва дафтар текшириш учун 1 сентябрдан бошлаб қанча ҳақ тўланади?

Синф раҳбарлик ва дафтар текшириш учун тўловлар ўқитувчиларга меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорига (1 сентябрдан 1.360.000 сўм) нисбатан фоиз ҳисобида тўланади.

✅Синфдаги ўқувчилар сонига кўра синф раҳбарлиги учун:

➡️ 15 нафар ўқувчигача – 26,4 фоиз (359 040 сўм);

➡️ 16 нафардан 20 нафар ўқувчигача – 31,6 фоиз (429 760 сўм);

➡️ 21 нафардан 25 нафар ўқувчигача – 36,9 фоиз (501 840 сўм);

➡️ 26 нафардан 30 нафар ўқувчигача – 42,1 фоиз (572 560 сўм);

➡️ 31 нафар ва ундан кўп ўқувчи бўлганда – 52,8 фоиз (718 080 сўм).

➡️ Дафтарларни ва ёзма ишларни текширганлик учун (ўқувчилар икки гуруҳга бўлиб ўқитиладиган фанлар бўйича ҳам) синфдаги ўқувчилар сони 15 нафаргача бўлганда – 8,8 фоиз (116 680 сўм), 15 нафар ва ундан ортиқ бўлганда – 17,6 фоиз (239 360

“Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 5
  • 👍 1
Post #1254 2.74K
❗️Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qancha?

Nizomning 21-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

2026-yil 1-sentabrdan BHM 440 000 so‘m bo‘lishi hisobga olinganda, to‘lovlar quyidagicha:

Davlat xizmatlari markazi orqali:
— 2026-yil 1-sentabrgacha: 206 000 so‘m
— 2026-yil 1-sentabrdan: 220 000 so‘m

pedagog.uzedu.uz platformasi orqali:
Bu usulda 10% chegirma qo‘llaniladi.
— 1-sentabrgacha: 185 400 so‘m
— 1-sentabrdan: 198 000 so‘m

my.gov.uz portali orqali:
Bu yerda ham 10% chegirma mavjud.
— 1-sentabrgacha: 185 400 so‘m
— 1-sentabrdan: 198 000 so‘m

Muhim: to‘lov attestatsiyaga ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish vaqtida amalga oshiriladi.

“Navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlangach, pedagogga to‘lov bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilgan kvitansiya yuboriladi.

To‘lov aynan kvitansiyada ko‘rsatilgan INVOYS RAQAMIGA amalga oshirilishi kerak.

“Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 1
Post #1253 3.65K
❗️Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

❌ taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;

❌ oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi;

❌ bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyishi yoki cheklab qoʻyishga urinishi;

❌ tengdoshlarning yoki boshqa shaxslarning mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, ularning oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilishi;

❌ qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;

❌ dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

❌ taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;

❌ har qanday kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish va boshqa tengdoshlarni jalb qilishi;

❌ taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi


“Rus tili fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @rus_tilifani
👉 @rus_tilifani
  • ❤ 5
Older posts →

About this channel

How can I read @rus_tilifani without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Rus tili o'qituvchisi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Rus tili o'qituvchisi have?
Rus tili o'qituvchisi (@rus_tilifani) has 6.41K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Rus tili o'qituvchisi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →