TGViewer
Федерация спортивной и образовательной робототехники Федерация спортивной и образовательной робототехники @roboticsfederation · 4.17K subscribers
Post #1246 1.83K

Forwarded from BuxDU •БухГУ •BukhSU

👥👥👥👥👥👥

📘BuxDU xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda: Rossiya Federatsiyasining Sport va ta’lim robototexnikasi federatsiyasi bilan memorandum imzolandi

✅Buxoro davlat universitetida, xususan Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi ishtirokida robototexnika yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning sport va ta’lim robototexnikasi federatsiyasi Olimpiada ilmiy-metodik kengashi raisi Savinkov Dmitriy Vladimirovich hamda BuxDUning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jo‘rayev Abror Turobovich ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy robototexnika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, robototexnika bo‘yicha qo‘shma o‘quv modullarini (Arduino, ROS, Computer Vision, mexatronika) joriy etish, trenerlar, o‘qituvchilar va hakamlarni tayyorlash, shuningdek, talabalar uchun amaliy stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, maktab o‘qituvchilari va talabalar uchun sertifikatlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish, robototexnika bo‘yicha yozgi va qishki maktablar tashkil etish, Buxoroda xalqaro va milliy musobaqalarning hududiy bosqichlarini o‘tkazish hamda har yili “Bukhara RRO Fest” festivalini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar robototexnika musobaqalari uchun reglamentlar ishlab chiqish, maktablar uchun metodikalar va konstruktorlar yaratish, to‘garaklar uchun o‘quv to‘plamlarini ishlab chiqish hamda o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash platformasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.


⚙️Tadbir yakunida Buxoro davlat universiteti hamda Sport va ta’lim robototexnikasi federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv robototexnika sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajribani keng joriy etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
  • 🔥 9
  • 👍 4
  • 💯 3
  • ❤ 1
More from @roboticsfederation
  1. Oct 1, 2026💻Стартовала регистрация на олимпиады робототехнике и точным наукам!💥 Университет Иннопол…
  2. Oct 1, 2026О новых правилах приёма в вузы❔ Министерство науки и высшего образования опубликовало прое…
  3. Sep 30, 2026🫡 В Санкт-Петербурге состоится Международный фестиваль робототехники «РобоФинист 2026» 3-…
  4. Sep 23, 2026⚙️Весь год работал над творческим проектом? Покажи его на главной атомной площадке страны!…
  5. Sep 22, 2026«Робо-детектив» возвращается! Готовы ко второму раунду?⌛ Некоторые отлично справились с пр…
  6. Sep 18, 2026🔍Рубрика «Найди 3 бага в алгоритме! Разработчики и программисты, настало время проверить…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →