Dvigatel qancha muddat ishlaydi va qachon almashtirish kerak?
Avtomobil dvigateli to‘g‘ri parvarish qilinsa o‘rtacha 250–400 ming kilometrgacha xizmat qilishi mumkin, ba’zi motorlar esa yarim million kilometrdan ham oshiq yuradi.
Dvigatelning umri asosan uni qanday ishlatish va qanday xizmat ko‘rsatilishiga bog‘liq. Agar motorda yog‘ni vaqtida almashtirmaslik, sifatsiz yoqilg‘i quyish, sovuq holatda qattiq bosish yoki doimiy qizib ketish holatlari bo‘lsa, u tez eskiradi.
Dvigatelni odatda quyidagi holatlarda almashtirishga to‘g‘ri keladi: moyni juda ko‘p yeyishi, kompressiya keskin tushib ketishi, porshen va silindrlar qattiq yeyilishi, doimiy ko‘k yoki oq tutun chiqishi hamda kapital ta’mir xarajati yangi yoki kontrakt motor narxidan qimmatga tushsa.
Dvigatel umrini uzaytirish uchun esa bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish kifoya: yog‘ va filtrlarni o‘z vaqtida almashtirish, zavod tavsiya etgan moydan foydalanish, sovuq motorni sekin qizdirib yurish, sifatli yoqilg‘i quyish, sovitish tizimini doim nazorat qilish va mashinaga ortiqcha yuklamalar bermaslik.
Shu oddiy qoidalarga amal qilinsa, dvigatel uzoq yillar davomida muammosiz xizmat qiladi.
Post #8
5
