Nokian Tyres Betula — qayin po‘stlog‘idan tayyorlangan ilk shina
Nokian Tyres Betula nomli yangi konsept-shinani taqdim etdi. Unda qayin daraxti po‘stlog‘idan olingan, tiklanuvchi material qo‘llanilgan. Bu material shvetsiyalik Reselo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va sanoat chiqindilaridan tayyorlanadi.
Yangi material protektor rezinasi tarkibiga qo‘shilib, qayta ishlangan va ekologik xomashyo ulushini 93 foizga yetkazgan. Konsept-shina qishki Hakkapeliitta R5 namunasi asosida yaratilgan va Finlyandiyada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu yangilik ekologiklik bilan birga shinaning ishlash xususiyatlarini ham yaxshilaydi va 2030-yilga qadar barqaror materiallarga o‘tish maqsadiga xizmat qiladi.
Post #15
9
