TGViewer
Risolass | blog🕯 Risolass | blog🕯 @risolassblog · 213 subscribers
Post #489 262

Forwarded from Digital.uz

💼 IT Park Uzbekistan yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

🟢 O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro kompaniyalar, jumladan, IT Park Uzbekistan rezidentlari faoliyatining kengayib borishi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat hududlarida ham yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilmoqda. Yangi imkoniyatlar tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda, professional faoliyatini endi boshlayotgan talabalar va bitiruvchilar uchun ham yaratilmoqda.

💼 Tashabbus O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi hamda tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda, professional yo‘lini endi boshlayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilarga ham mo‘ljallangan. 

🟦Kompaniyalar talabi faqat an’anaviy AT-kasblar bilan cheklanmaydi. Dasturchilar, QA-muhandislar, ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar va dizaynerlardan tashqari, marketing, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, moliya, buxgalteriya hamda ma’muriy boshqaruv yo‘nalishlaridagi mutaxassislarga ham talab mavjud. BPO va call-markaz yo‘nalishlari uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham alohida ortib bormoqda.

🌲 Xorijiy tillarni biladigan mutaxassislarga ham talab yuqori. Xalqaro bozorlarda faoliyat yuritadigan va xorijiy mijozlar bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, xitoy, yapon va koreys tillarini biladigan nomzodlar ayniqsa dolzarb hisoblanadi.

💻Nomzodlar bazasini shakllantirish vositalaridan biri Talent Park loyihasidir. Maxsus bot orqali ish izlovchilar o‘z rezyumelarini yuborishi, tajribasi, ko‘nikmalari va professional yo‘nalishi haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.

📄Rezyumeni @talent_park_bot orqali yuborish, dolzarb imkoniyatlarni esa @talentparkuz Telegram-kanali orqali kuzatib borish mumkin.


Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/216891

English
Русский

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 9
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @risolassblog
  1. Sep 30, 2026Women Cup 2026🩷
  2. Sep 30, 2026Post #498
  3. Sep 25, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligida ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashk…
  4. Sep 24, 2026🗣 GAP loyihasidan raqamli identifikatsiyagacha: kelajak texnologiyalari muhokamada ✨ ICTW…
  5. Sep 22, 2026Post #491
  6. Sep 22, 2026Post #490
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →