Kasbiy ma’rifat soati: “Jonajon o‘zbek tilim” — milliy g‘urur va ma’naviyat ifodasi
🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi.
📖 Tadbir avvalida o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizni aks ettiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yangi nashrlar taqdimoti o‘tkazildi. Ko‘rgazma ishtirokchilarga ona tilimizning betakror jozibasi, adabiyotimizning boyligi va kitob mutolaasining ahamiyatini yana bir bor his etish imkonini berdi.
🎤 Shundan so‘ng “Jonajon o‘zbek tilim” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi sovrindori, professor Abdujabbor Abidov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va rassom Davronbek Radjapov ishtirok etdi.
✍️ Uchrashuv davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifodalashdagi o‘rni, uning tarixiy taraqqiyoti, adabiyot va ijod olamidagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shuningdek, o‘zbek tilining sofligini asrash, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va kelajak avlodga ona tiliga hurmat tuyg‘usini singdirish masalalariga e’tibor qaratildi.
💬 Ijodkorlar bilan muloqot xodimlar uchun adabiyot va san’at olamiga yanada yaqinlashish, ona tilimizning jozibasi va ifoda imkoniyatlarini chuqurroq anglash uchun imkoniyat yaratdi.
🌿 Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga ehtiromdir. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davlat tiliga hurmatni yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda milliy o‘zligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Post #7935
205
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI









