#TDIU #RIAT #Futbol #Sport
⚽️ Fakultet talabalari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida 13-oktabr kuni futbol musobaqasi tashkil etildi.
🏆 Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutori Jovliyev Jamshid boshchiligida “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishining IB-86, IB-87 va IB-88 guruhlari talabalari o‘zaro kuch sinashdilar.😊
🥇 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:📎
🥇 1-o‘rin — IB-87 guruhi
🥈 2-o‘rin — IB-88 guruhi
🥉 3-o‘rin — IB-86 guruhi
👏 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha talabalarni tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram



