#TDIU #RIAT #TemuriylarTarixi
⚔️ Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif
🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutori To‘rayev Og‘abek tomonidan IB-81 guruh talabalari bilan birgalikda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.✅
📚 Tashrif davomida talabalar Amir Temur va temuriylar sulolasining boy tarixi, davlatchilik an’analari, madaniy merosi hamda o‘sha davrda ilm-fan va san’at rivoji bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini oshirish va buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.⛓
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram






