🌱#TDIU #RIAT #Davra_suhbati #Ekologiya
🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan “Yashil makon — yoshlar nigohida” mavzusida tashkil etilgan ochiq suhbatda ishtirok etdilar.
🌿 Suhbat davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarning oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda mamlakatimizda yashil hududlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.🟢
🌍 Bunday uchrashuvlar yoshlarning ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni tabiatni asrash hamda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash yo‘lida faol bo‘lishga undaydi.
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram



