“Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida tadbir o‘tkazildi
🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida tadbir tashkil etildi.📌
😊 Tadbirni kafedra mudiri M. Sultanov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
🔼 Asosiy qismda taklif etilgan mehmonlar: “U-Press” MCHJ texnik direktori Farhod Qo‘chqarov, Senior Full-Stack AI Application Developer (mustaqil dasturchi) A’zamjon Nemadaliyev, kafedra katta o‘qituvchisi Arzikulov Sunnatilla.
📌Ular tanlangan mutaxassislikning ahamiyati, kasbiy yo‘nalishlar hamda soha imkoniyatlari haqida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
🔵 Yakuniy qismda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.🧷
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram





