#TDIU #RIAT #Statistika
🎓 “Kasbim — kelajagim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
🇺🇿 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Statistika” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirish maqsadida “Kasbim — kelajagim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
🎤 Uchrashuv davomida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi, Inson resurslarini boshqarish mutaxassisi Sherbek Raxmonov Ergashevich tomonidan statistika sohasi, kasbiy rivojlanish va zamonaviy mehnat bozorida zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
🔵Uchrashuvni “Statistika” kafedrasi dotsenti, PhD A. Jumayev hamda “Statistika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Dsc I. Jalolov tashkil etdilar.🤝
💬 Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.😊
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram






