#TDIU #RIAT #DavraSuhbati
🗣 “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Raqamli iqtisodiyot va axborot xavfsizligi” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida ommaviy madaniyatning yoshlar hayoti va dunyoqarashiga ta’siri, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
💬 Suhbatda psixologiya fanlari doktori Orif Avlaev, fizika-matematika fanlari doktori, professor G‘ayrat Jo‘rayev hamda PhD Muxiddin Yorqinjon Xusniddinov ishtirok etib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
👨💻Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
✅Telegram | 📱Instagram




