Yosh kitobxon talabalar bellashuviga tayyormisiz?
📚 Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Do‘stlik” festivali doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etiladi.
📌Tanlov 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1️⃣“Men yoqtirgan asar” — tanlangan kitobni tahlil qilish;
2️⃣ “Eng kitobxon jamoa” — savol-javob bellashuvi.
Birinchi shart uchun tavsiya etilgan asarlar:
🔗 Tanlov Nizomi
“Sayyohi hindi” — Fitrat
“Navoiy” — Oybek
“Ufq” trilogiyasi — Said Ahmad
“Yulduzli tunlar” — Pirimqul Qodirov
“Sarob” — Abdulla Qahhor
“Otamdan qolgan dalalar” — Tog‘ay Murod
“Faust” — Iogann Volfgang Gyote
“Iqrornoma” — Lev Tolstoy
“Graf Monte-Kristo” — Aleksandr Dyuma
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — Erix Mariya Remark
“Asrga tatigulik kun” — Chingiz Aytmatov
“Ikki eshik orasi” — O‘tkir Hoshimov
⚡️Tanlov 17-oktabr, shanba kuni soat 15:00da Zakovat zalida o'tkaziladi
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar fakultet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
