Renessans universitetida xalqaro ta’lim muhiti: xorijiy professorlar safi yanada kengaymoqda
Renessans universitetida xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish va talabalar uchun xalqaro akademik muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Janubiy Koreyada 27 yil davomida xorijlik talabalarga koreys tilidan saboq bergan professor bugun o‘zining ko‘p yillik bilim va tajribasini talabalarga o‘rgatish maqsadida Renessans universitetini tanladi!
NA SAHM IL,
Renessans universiteti professori, Janubiy Koreyaning Wonkwang universiteti bitiruvchisi:
“Men Janubiy Koreyada 27 yil davomida xorijlik talabalarga koreys tilidan dars berdim. Shu yillar davomida turli mamlakatlardan kelgan yoshlar, jumladan, ko‘plab o‘zbekistonlik talabalar bilan ham ishladim.
Ularning bilimga intilishi, samimiyligi va koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi menda doimo yaxshi taassurot qoldirgan. Shu sababli tajribamni boshqa mamlakatdagi talabalar bilan ham bo‘lishishni istardim.
Bugun O‘zbekistonda, Renessans universitetida dars berayotganimdan xursandman! Bu yerda talabalar bilan yaqindan ishlarkanman, ularning iliq munosabatini yana bir bor his qildim.
Aziz talabalar, koreys tilini o‘rganishga chin dildan harakat qiling. Siz bor kuchingiz bilan o‘qing, men esa bor bilim va tajribam bilan sizga yordam beraman.
Bizni kuzating
———
📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt|LinkedIn