Renessans universitetida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar uchun xalqaro grantlar va moliyalashtirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etiladi.
Seminar davomida Osiyo taraqqiyot banki (ADB) tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar, Hindiston hukumatining ITEC xalqaro trening dasturi hamda Xitoy grantlari va stipendiya dasturlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Seminar-trening doirasida quyidagi mavzular yoritiladi:
🔹Osiyo taraqqiyot banki (ADB): moliyalashtiriladigan loyihalar, ustuvor yo‘nalishlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari.
🔹ITEC dasturi: xalqaro trening kurslari, ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartibi.
🔹Xitoy grantlari: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar, stipendiyalar hamda Xitoy universitetlari bilan hamkorlik imkoniyatlari.
Seminar-trening 12-oktabr kuni, soat 15:00 da, A-bino, 701-xonada bo‘lib o‘tadi.
Seminar-trening xalqaro grant va loyihalarda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha qiziquvchilar uchun ochiq.
Xalqaro grantlar va loyihalar sari birgalikda qadam tashlaymiz.
Bizni kuzating
———
📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt|LinkedIn
