TGViewer
Channel Public Channel
Registon Maktabi, Farg’ona

Registon Maktabi, Farg’ona

@registan_school_fergana

Farg’ona shahridagi eng yirik maktab

➖ Xalqaro o’qitish tizimi
➖ 10 yildan ortiq malakaga ega ustozlar
➖ Sharqona ta’lim va tarbiya

Ma’lumot olish uchun:

Maktab: ☎️ 94 7002700
Bog’cha: ☎️ 91 1262700

Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CDcpJ2YB
Subscribers
1.8K
Photos
730
Videos
701
Links
452
Recent Posts 16 shown
Post #2000 331
Farzandingiz ham ingliz tilida erkin va ravon gapirishini xohlaysizmi? ✨

Registon xususiy maktabida maxsus IB sinflari mavjud. Bu yerda o‘quvchilar boshlang‘ich sinflardanoq ingliz tilida suhbatlashish, tinglab tushunish va o‘z fikrini erkin ifodalashni o‘rganadilar.

Farzandingiz ham shunday muhitda ta’lim olishi uchun biz bilan bog‘laning:
📞 +998 94 700 27 00

🌐instagram 🌐 telegram
  • 🔥 4
Post #1989 520
📌️️️️️️ Bir savol: farzandingiz ingliz tilini necha yildan beri o’qiyapti?

Ko’p ota-onalar “3-4 yil bo’ldi” deydi. Keyin qo’shib qo’yadi: “lekin hali ham gapira olmaydi”.

Sababi oddiy. Haftasiga 2 soat bilan til o’rganilmaydi. Bugun o’rgangan so’zi keyingi darsgacha esdan chiqib ketadi.

Registon’da ingliz tiliga haftasiga 7 soat ajratilgan, ya’ni deyarli har kuni dars. Darslar bolaning darajasiga qarab kichik guruhlarda o’tadi. Har oy nazorat imtihoni bo’ladi, shuning uchun natija ko’rinib turadi.

Gapimizga ishonish shart emas. Farzandingiz bir kun bepul o’qib ko’rsin. Darsga kirsin, o’qituvchilar bilan tanishsin. Qarorni keyin qilasiz.

📞 94 700-27-00
Post #1988 625
💻 Bugun IT bilimlari har bir bola uchun muhim. Chunki zamonaviy texnologiyalarni tushunish va ulardan to‘g‘ri foydalanish kelajakda juda asqatadi.

Registon xususiy maktabida o‘quvchilarimiz boshlang‘ich sinfdanoq IT darslarida kompyuter bilan ishlashni, yangi dasturlarni o‘rganish va bilimlarini amaliyotda qo‘llashni o‘rganishmoqda.

Biz farzandlarimiz zamon bilan hamnafas, mustaqil fikrlaydigan va texnologiyalardan samarali foydalana oladigan yoshlar bo‘lib ulg‘ayishini istaymiz.

Maktabimizdagi bo'sh o'rinlar haqida batafsil:+998(94)7002700
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 😍 2
Post #1987 592
Farzandingiz vaqtini qanday muhitda o‘tkazayotgani uning kelajagiga bevosita ta’sir qiladi.

Ayniqsa, 5-sinfdan boshlab bola uchun to‘g‘ri muhit, yaxshi do‘stlar va foydali mashg‘ulotlar juda muhim.

Registon xususiy maktabida farzandingiz vaqtini bekorga o‘tkazmaydi. Ingliz, rus va arab tillarini chuqur o‘rganadi, sport to‘garaklarida qatnashadi, jamoada ishlashni va o‘ziga ishonishni o‘rganadi.

Siz esa RegApp orqali farzandingizning ta’limdagi natijalarini doimiy kuzatib borasiz.

Biz uchun muhimi — farzandingiz nafaqat bilimli, balki mustaqil fikrlaydigan va o‘ziga ishongan shaxs bo‘lib ulg‘ayishi!

📞 Maktabimizdagi bo‘sh o‘rinlar haqida batafsil: +998 94 700 27 00
  • ❤ 1
Post #1986 1.01K
Farzand tarbiyasi — mehr, sabr va tushunishdan boshlanadi.

Registon xususiy maktabida 15 yillik tajribaga ega psixolog Muxtasar Nazarova ishtirokida onalarimiz uchun farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan maxsus seminar tashkil etildi.

Seminar davomida farzandlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish, ularning his-tuyg‘ularini tushunish, oiladagi sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va tarbiyada to‘g‘ri yondashuvning ahamiyati haqida samimiy suhbatlashildi.

Ushbu mazmunli uchrashuvdan iliq lavhalarni birgalikda tomosha qilamiz! ✨
  • 😍 5
Post #1985 1K
Registon xususiy maktabida 15 yillik tajribaga ega psixolog Muxtasar Nazarova ishtirokida onalarimiz uchun farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan maxsus trening tashkil etildi.

Trening davomida farzand bilan to‘g‘ri muloqot qilish, uni tushunish va oiladagi sog‘lom munosabatlar haqida samimiy suhbatlashdik.

Muxtasar Nazarova bilan Registon maktabi, ta’lim-tarbiya va ota-onalar bilan hamkorligimiz haqida kechgan intervyuni birgalikda tomosha qilamiz! ✨
  • ❤ 4
  • 😍 3
  • ❤‍🔥 1
Post #1984 942
Registon xususiy maktabida IELTS va SAT imtihonlarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarimiz 100% va 50% grant asosida tahsil olishmoqda. 🏆

Bu yutuqlar — ularning tinimsiz mehnati, intilishi va bilimga bo‘lgan muhabbatining natijasi.

Biz sizlar bilan faxrlanamiz! Sizlar — yurtimiz kelajagi, ertangi kunimiz poydevorini yaratuvchi yosh avlodsiz. Ishonamizki, bugungi yutuqlaringiz kelajakdagi ulkan muvaffaqiyatlaringizning boshlanishidir. Doimo yuksak marralar sari intiling!
  • ❤‍🔥 13
  • 🔥 8
  • 🤩 1
  • 😍 1
  • 😎 1
Post #1983 696
🤍 0-A sinfida Xalqaro paxta kuniga bag‘ishlangan tadbir!

Registon xususiy maktabining 0-A sinf o‘quvchilari Xalqaro paxta kuni munosabati bilan qiziqarli tadbir tashkil etishdi. Tadbir davomida bolajonlar paxtaning hayotimizdagi o‘rni, uning ahamiyati va undan olinadigan mahsulotlar haqida o‘z bilimlarini namoyish etishdi. 🌿

Tadbirdan tayyorlangan lavhalarni birgalikda tomosha qilamiz! ✨
  • ❤ 3
Post #1982 774
🔬 IB 1-sinfimizda Science darsi!

Bolajonlarimiz yangi bilimlarni o‘rganib, atrofdagi olamni kashf etishmoqda.
Post #1980 1.01K
Farzandingizni tushunish — uni tarbiyalashning eng muhim qadamlaridan biri.

8-oktabr, payshanba kuni Registon maktabida onalarimiz uchun farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan maxsus trening bo‘lib o‘tadi.

Trening davomida siz:
— farzandingiz bilan to‘g‘ri muloqot qilishni;
— uning his-tuyg‘ularini yaxshiroq tushunishni;
— qiyin vaziyatlarda qanday munosabat bildirishni;
— tarbiyada ko‘p uchraydigan xatolardan qochishni o‘rganasiz.

Mutaxassis Muxtasar Nazarova amaliy tavsiyalar va hayotiy misollar orqali farzandingiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga yordam beradigan usullar bilan bo‘lishadi.

Bu shunchaki ma’ruza emas — savollaringizga javob, amaliy tavsiyalar va farzandingiz bilan kundalik hayotda qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan foydali bilimlar.

Treningda qatnashish uchun quyidagi tugmani bosing 👇

Treningga yozilish
  • ❤ 3
  • 🤩 1
Post #1979 903
Farzandingizni 6 yoshidan boshlab maktabga tayyorlashni xohlaysizmi? 📚✨

Registon xususiy maktabida 0-sinfga qabul davom etmoqda! 0-sinf — bolajonlar maktab muhitiga bosqichma-bosqich moslashib, 1-sinfga ishonchli qadam tashlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradigan tayyorlov sinfi.

Har bir bolajonga alohida e’tibor qaratiladi. Mashg‘ulotlar bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda qiziqarli va samarali tarzda tashkil etiladi. 💛

📞 Qabul haqida batafsil ma’lumot: +998947002700

🌐instagram 🌐 telegram
  • ❤ 6
  • 🔥 2
Post #1978 897
Farzandingiz xavfsizligi — biz uchun muhim. 🤍

Registon xususiy maktabida farzandingizning xavfsizligi va kun davomida nazorat ostida bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi.

🔹 Turniket tizimi orqali kirish-chiqish nazorat qilinadi.
🔹 RegApp ilovasi orqali baholar va ta’lim jarayonidan xabardor bo‘lib borasiz.
🔹 Maktab hududi doimiy videokuzatuv ostida.

Siz ishda bo‘lganingizda ham farzandingiz xavfsiz muhitda ekanini bilib, xotirjam bo‘ling.

Biz ta’lim bilan birga xavfsizlik, tartib va ota-onalar xotirjamligini ham muhim deb bilamiz.

📞 Maktabdagi bo‘sh o‘rinlar haqida: +998 94 700 27 00
  • 🔥 10
  • ❤ 1
Post #1977 851
Registon xususiy maktabida yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda maktabdagi ta’lim jarayoni, farzandlarning hozirgi natijalari va qaysi bosqichda ekanligi haqida ota-onalarga batafsil ma’lumot berildi.

Eng muhimi, ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, maktab faoliyati bo‘yicha fikr va takliflarini ochiq bildirishdi.

Farzandning yaxshi natijasi — maktab va ota-onaning birgalikdagi harakatidan boshlanadi.
  • ❤ 7
  • 🔥 1
Post #1976 869
Родители часто спрашивают нас:

«Если уровень знаний у детей в одном классе разный, как вы проводите уроки?» 🤔

Чтобы ответить на этот вопрос, мы подготовили короткое видео.

Азиз и Даврон учатся в одном классе, но их уровень английского языка заметно отличается. Что произойдёт, если преподавать им материал одинакового уровня?

В этом видео мы показали, как решаем эту задачу в нашей школе.

Уделите всего 3 минуты просмотру. Это будет полезно для образования вашего ребёнка.

📞 Узнать о наличии свободных мест: 94 700-27-00
  • ❤ 4
  • 🔥 1
Post #1975 918
Ota-onalar bizdan ko‘p so‘raydi:

“Bir sinfdagi bolalarning bilim darajasi har xil bo‘lsa, darsni qanday o‘tasizlar?” 🤔

Shu savolga javob berish uchun qisqa video tayyorladik.

Aziz va Davron bir sinfda o‘qiydi, lekin ularning ingliz tili darajasi bir-biridan ancha farq qiladi. Agar ikkalasiga ham bir xil darajada dars o‘tilsa, nima bo‘ladi?

Videoda aynan shu muammoni va maktabimizda bunga qanday yechim topganimizni ko‘rsatdik.

3 daqiqa vaqtingizni ajrating. Farzandingiz ta’limi uchun foydali bo‘ladi.

📞 Bo‘sh o‘rinlar haqida ma’lumot: 94 700-27-00
  • ❤ 4
  • 🔥 2
Older posts →

About this channel

How can I read @registan_school_fergana without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Registon Maktabi, Farg’ona: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Registon Maktabi, Farg’ona have?
Registon Maktabi, Farg’ona (@registan_school_fergana) has 1.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Registon Maktabi, Farg’ona know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →