TGViewer
Channel Public Channel
Redbyte

Redbyte

@redbyteuz

Redbyte - O’zbek tilidagi dunyo kiberxavfsizlik yangiliklari va soha bo’yicha qiziqarli blog postlar bilan bo’lishadi!

Sayt: https://redbyte.uz
Subscribers
2.37K
Photos
480
Videos
83
Links
475

Showing posts older than #692 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #691 1.61K
Kanada Eron hakerlari uchun nishonga aylanishi mumkin 👺

🛡 Kanadaning kiberxavfsizlik xizmatlari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hakerlar tomonidan kiberhujumlar sodir bo‘lish ehtimoli yuqori ekanidan ogohlantirdi.

🇨🇦 Canadian Centre for Cyber Security bayonotida shunday deyiladi:
“Muhim infratuzilma obyektlarini boshqaradigan tashkilotlar va Kanadadagi boshqa ehtimoliy nishonlar eronlik hakerlar tahdidiga nisbatan hushyor bo‘lishi kerak.”


💬 Shuningdek, mutaxassislarning ta’kidlashicha, Eron haker guruhlari Kanadani ehtimoliy nishon sifatida ko‘rishi mumkin. Bunga sabab sifatida Kanadaning AQSh va Isroilning harbiy harakatlarini ochiq qo‘llab-quvvatlayotgani...

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

Dunyoning turli joylarida davom etayotgan mojarolar imkon qadar tezroq barham topishini tilaymiz 🕊

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • ⚡ 3
  • 👏 3
Post #690 1.78K
Eron internetida uzilish va yirik kiberhujum ❗️

🔒 Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar va kuzatuvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, shanba tongida AQSh va Isroil tomonidan Eron bo‘ylab nishonlarga qilingan qo‘shma hujumlar bilan bir vaqtda keng ko‘lamli kiberoperatsiyalar ham amalga oshirilgan.

🦠 Hujumlar davomida bir nechta yangiliklar saytlariga buzib kirilib, turli xabarlar joylashtirilgan. Shuningdek, 5 milliondan ortiq yuklab olingan BadeSaba diniy taqvim ilovasi ham hakerlar tomonidan egallab olingan. Ilovada “Hisob-kitob vaqti keldi” degan yozuv hamda qurolli kuchlarni qurolni tashlab, xalq tomoniga o‘tishga chaqiruvchi murojaat joylashtirilgan…


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

Barchaga tinchlik tilaymiz. Urushlar imkon qadar tezroq yakun topishini istaymiz 🕊

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 😢 10
  • 🤯 5
  • 👀 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 😱 1
  • 😨 1
Post #689 1.75K
Gollandiya telekommunikatsiya operatori Odido mijozlarining 300 mingdan ortiq bank hisob raqamlari internetga sizdirildi 🎃

🇳🇱 Gollandiya telekommunikatsiya operatori Odidoga qilingan kiberhujum natijasida mijozlarning yuz minglab bank hisob raqamlari ochiq manbalarda paydo bo‘ldi.

👺 Ma’lumotlarga ko‘ra, ShinyHunters nomli hakerlar guruhi o‘g‘irlangan ma’lumotlar bazasining ikkita qismini e’lon qilgan. Ochiq manbalarda 300 mingdan ortiq bank hisob raqamlari (IBAN) mavjudligi aniqlangan…


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🤯 5
  • 👀 4
  • 🍾 3
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 😱 1
  • 😨 1
Post #688 1.98K
Global kibermojaro: AQSh sanksiyasida o‘zbekistonlik va BAA kompaniyasi 🤠

🇺🇸 AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Office of Foreign Assets Control (OFAC) 2026-yil 24-fevral kuni e’lon qilgan press-relizga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Mamashoyev Azizjon Mahmudovich va unga aloqador BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Advanced Security Solutions kompaniyasi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

🔒 Gap oddiy IT xizmatlari haqida emas. Gap - eksploytlar savdosi, ya’ni dasturiy ta’minotdagi zaifliklardan foydalanishga mo‘ljallangan kodlar va vositalar haqida bormoqda…


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🤯 11
  • 🔥 5
  • ⚡ 2
  • 👏 2
  • 😱 1
  • 👀 1
  • 😨 1
Post #687 1.68K
PayPal’da katta ma’lumotlar buzilishi 📱

🗞 So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, dunyoda millionlab foydalanuvchilar ishlatadigan to‘lov platformasi PayPal o‘z mijozlarining shaxsiy ma’lumotlari buzilganini rasmiy tasdiqladi. Bu holat 2025-yilda PayPal Working Capital (PPWC) kredit ilovasidagi tizim xatosi tufayli yuzaga kelgan va kamida 2025-yil 1-iyuldan 13-dekabrgacha davom etgan.

🎃 Bu nosozlik tufayli ruxsatsiz boshqa shaxslar mijozlarning ayrim ma’lumotlariga kira olgan bo‘lishi mumkin, jumladan:
• Ism-familiya
• Email manzili
• Telefon raqami
• Biznes manzili
• Tug‘ilgan sana
• Ijtimoiy sug‘urta raqami (SSN)


🛡 Muammo aniqlangandan so‘ng, PayPal buzilgan kodni bekor qilib...

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🔥 6
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 😱 1
  • 👀 1
Post #686 5.04K
CyberHack Conference 2026 🛡

🛡️ CyberHack - bu kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan oflayn konferensiya bo‘lib, real amaliyot, hands-on tajriba va faol kiberxavfsizlik hamjamiyatini bir joyga jamlaydi.🚀

✅ CyberHack’da sizni nimalar kutmoqda?

• Guest Lecture sessiyalari
Kiberxavfsizlik mutaxassislaridan real keyslar, sanoat tajribasi va karyera bo‘yicha foydali bilimlar.

• Texnik workshoplar
Amaliy ko‘nikmalar, real hujum va himoya ssenariylari asosidagi qo‘lbola mashg‘ulotlar.

• Qo‘shimcha faoliyatlar
Interaktiv zonalar, networking, challenge’lar va faol ishtirokchilar uchun sovrinlar.

• CyberHack CTF
Universitet va maktab o‘quvchilari uchun alohida Capture The Flag musobaqasi. Real kiberxavfsizlik vazifalari va 100 000 000 so‘m sovrin jamg‘armasi.

📍New Uzbekistan University
🗓️ 28-fevral, 2026-yil
🕘 09:00 – 19:00


🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
❗ Ishtirok faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tilgan holda mumkin
  • 🔥 12
  • ⚡ 7
  • 👍 4
  • 👏 1
Post #685 1.4K
Haker prokuraturaga undan o‘g‘irlangan $21,4 mlnlik bitkoinlarni qaytarib berdi 🎃

🇰🇷 Janubiy Koreya prokuraturasi noma’lum hakerdan qiymati taxminan $21,4 mln bo‘lgan bitkoinlarni qaytarib oldi. Ushbu mablag‘lar musodara qilingan kriptoaktivlar saqlanadigan hamyondan o‘g‘irlangan edi.

📱 17-fevral kuni noma’lum shaxs prokuratura hamyoniga 320,8 BTC qaytardi. Idora vakillarining aytishicha…


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🤯 10
  • 😁 3
  • 🤔 3
  • 😨 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 😱 1
Post #684 1.91K
Har kuni AI ishlatasizmi? Unda buni bilishingiz shart! 🤖

🤖 So‘nggi paytlarda olimlar qiziq bir hodisani kuzatmoqda: odamlar sun’iy intellekt bilan oddiy yordamchi sifatida emas, balki suhbatdosh sifatida yashay boshladi. Ba’zilar hatto AI bilan gaplashgandan keyin o‘z fikrlarini qayta shakllantiradi, qarorlarini o‘zgartiradi va ba’zan uning javoblarini ichki “haqiqat” sifatida qabul qiladi.

🤖 Muammo shundaki, sun’iy intellekt ko‘pincha foydalanuvchining ohangiga moslashadi. Agar odam shubhali yoki noto‘g‘ri taxmin bilan savol bersa, AI uni inkor qilish o‘rniga mantiqan rivojlantirib beradi...


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🔥 15
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🤯 3
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
Post #683 1.77K
Foydalanuvchilar xavotirda: MobiUz buzilgani rostmi yoki navbatdagi vahima? ❔

🔻🔻🔻🔻 MobiUz atrofida kutilmagan kiberxabar tarqaldi: darknetda noma’lum shaxslar operator tizimlari “to‘liq qo‘lga olingani”ni da’vo qildi. Xabarlarda ichki tarmoq, SMS-shlyuzlar va hatto MyID identifikatsiya xizmatiga kirish imkoni bo‘lgani aytilgan. Ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar orasida xavotir uyg‘otdi.

✈️ Kompaniya esa bunday keng ko‘lamli buzilish bo‘lmaganini bildirdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, faqat tizimning izolyatsiya qilingan segmentiga ruxsatsiz kirish aniqlangan…


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • ❤ 7
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 😱 2
  • 👏 1
  • 🤯 1
Post #682 1.95K
AI hakerlarni “professional” qildi - endi tajriba kerak emas 🤖

🔰 Google Threat Intelligence Group hisobotiga ko‘ra, davlat qo‘llovidagi hakerlar generativ AI’dan allaqachon real operatsiyalarda foydalanmoqda. Bu endi nazariya yoki futuristik prognoz emas - bu hozir sodir bo‘lyapti.

🇰🇵 Masalan, Shimoliy Koreya bilan bog‘liq guruhlar kompaniya xodimlari haqida ochiq manbalardan ma’lumot yig‘ib, AI yordamida aynan o‘sha odamning ishiga, lavozimiga va hatto ohangiga mos phishing xatlari yozmoqda. Endi “Salom hurmatli foydalanuvchi” davri tugadi - sizga yozilgan xat sizning HR menejeringizdan kelgandek ko‘rinadi.

👺 Xitoy va Eron APT guruhlari esa AI’dan exploit yozishda, kodni tuzatishda va ijtimoiy muhandislikni avtomatlashtirishda foydalanmoqda. Eng qiziq tomoni - ba’zi zararli dasturlar real vaqt rejimida yangi zararli kod generatsiya qilgan. Ya’ni antivirus ushlashga ulgurguncha malware o‘zini o‘zgartirib bo‘ladi.


🔒 Endi haker bo‘lish uchun 10 yil tajriba shart emas.
Junior darajadagi hujumchi ham APT darajasidagi hujum qilishi mumkin…

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🔥 16
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 😱 3
  • 👏 2
Post #680 1.87K
Bepul VPN qanchalik xavfli? 🌎

🆓 Bepul VPN xizmatlari ko‘pincha xavfsizlik hissini beradi, ammo amalda foydalanuvchi ma’lumotlari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki bepul xizmat ham qandaydir yo‘l bilan daromad qilishi kerak va aksariyat hollarda bu daromad manbai - foydalanuvchining o‘zi bo‘ladi.

🔒 Ko‘plab bepul VPN’lar brauzer tarixi, IP-manzil, qurilma haqida ma’lumotlarni uchinchi tomonlarga uzatadi. Ba’zilarida esa haqiqiy shifrlash umuman mavjud emas yoki juda past darajada ishlaydi. Ayniqsa, ochiq Wi-Fi tarmoqlarida bunday VPN’lar foydalanuvchini himoyalamaydi.


🦠 Yana bir muammo - reklama va zararli dasturlar. Ayrim bepul VPN ilovalari ichiga yashirin trekerlar, reklama modullari yoki zararli kodlar joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Natijada foydalanuvchi o‘z qo‘li bilan telefon yoki kompyuterini kuzatuv ostiga oladi.

⚖️Huquqiy jihatdan ham xavf mavjud. Ko‘p bepul VPN xizmatlarida shaffof maxfiylik siyosati yo‘q, kompaniya qayerda ro‘yxatdan o‘tgani noma’lum, ma’lumotlar esa foydalanuvchi bilmasdan uzatilishi mumkin.

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • ❤ 8
  • 🔥 7
  • ⚡ 2
  • 👍 1
  • 👏 1
  • 😱 1
Post #679 1.66K
Stan Ghouls guruhi NetSupport RAT orqali O‘zbekiston va Rossiyadagi nishonlarga hujum qilmoqda ❗️

👺 Stan Ghouls (yoki Bloody Wolf) - bu kiberjinoyatchilar guruhi bo‘lib, kamida 2023-yildan buyon Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilgan hujumlarni amalga oshirib kelmoqda. Huquqbuzarlar asosan ishlab chiqarish, moliya va IT sohasidagi tashkilotlarga qiziqish bildirmoqda. Ularning hujumlari puxta rejalashtirilgan va aniq qurbonlarga moslashtirilgan bo‘lib, qo‘llanilayotgan vositalar orasida Java tilida yozilgan maxsus zararli dasturlar, shuningdek, alohida kampaniyalar uchun ajratilgan resurslarga ega keng infratuzilma ajralib turadi.

📂 Hujumlarning dastlabki bosqichida ular zararli PDF-ilovalari mavjud bo‘lgan elektron xatlardan foydalanadi...


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🔥 6
  • 😱 5
  • ❤ 4
  • 🍾 2
  • 👍 1
Post #678 1.9K
2025-yilda hakerlar eng ko‘p hujum qilgan davlatlar

🛡 StormWall mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda eng ko‘p kiberhujumlarga uchragan TOP–5 davlatlar qatoriga Xitoy, AQSh, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya kirgan. Tadqiqot StormWall mijozlaridan olingan real ma’lumotlarga asoslangan.

❗️ 2025-yilda DDoS-hujumlarning asosiy qismi Xitoyga (umumiy holatlarning 16,2%), AQShga (14,8%) va Hindistonga (12,6%) qaratilgan. Ushbu davlatlar kiberjinoyatchilar uchun doimiy va strategik nishon bo‘lib kelmoqda.


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • ⚡ 8
  • 🔥 5
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 😁 1
Post #677 1.79K
  • 🔥 10
  • ❤ 4
  • 🤔 3
  • ⚡ 1
  • 👏 1
Post #676 1.71K
  • ⚡ 10
  • ❤ 4
  • 😁 3
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #675 1.89K
  • 🔥 9
  • ❤ 3
  • 👏 2
  • ⚡ 1
  • 🍾 1
Post #674 1.69K
AQSh tarixidagi eng yosh haker: Jonatan Jeyms (c0mrade) 🇺🇸

👺 1999-yilda c0mrade taxallusi bilan tanilgan Jonatan Jeyms AQSh kiberxavfsizlik tarixiga sudlangan ilk voyaga yetmagan haker sifatida kirdi.

🔒 Serverlardagi zaifliklardan foydalangan holda, Jeyms NASA, AQSh Mudofaa vazirligi (DoD) tizimlariga noqonuniy kirishga muvaffaq bo‘lgan.


🛰 NASA tarmog‘idan u Xalqaro kosmik stansiya uchun mo‘ljallangan, qiymati 1,7 million dollar bo‘lgan dasturiy ta’minotni yuklab olgan…

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🔥 14
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #673 1.95K
Hakerlar Nike’ning 1,4 TB hajmdagi ishlab chiqarish sirlarini o‘g‘irlaganini da’vo qilmoqda 🔒

😎 Amerikaning Nike kompaniyasi ichki ma’lumotlari o‘g‘irlangani haqidagi bayonotlar ortidan ichki tekshiruvni boshladi. O‘zini WorldLeaks deb atayotgan tovlamachilar guruhi o‘z saytida fayllardan iborat namunani e’lon qilib, 1,4 TB hajmdagi korporativ ma’lumotlarga kirish huquqini qo‘lga kiritganini bildirdi. Ularning ta’kidlashicha, qo‘lga kiritilgan hujjatlar soni 188 mingdan ortiq bo‘lib, ishlab chiqarish va dizayn jarayonlariga taalluqlidir.

👺 WorldLeaks joylashtirgan ma’lumotlarda kiyim-kechak ishlab chiqishga oid materiallarni anglatadigan katalog nomlari uchraydi - ayollar va erkaklar sport liniyalaridan tortib, fabrikalar uchun yo‘riqnomalar hamda tikuv texnologiyalari tavsiflarigacha. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, agar sizib chiqish haqiqatan ham yuz bergan bo‘lsa, u mijozlar yoki shaxsiy ma’lumotlar bazalariga emas, balki ichki ishlab chiqarish hujjatlariga ta’sir qilgan.


Batafsil o’qish uchun ◀️

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
  • 🤯 10
  • 😱 3
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👀 2
  • 🎉 1
Post #672 1.9K
Muhtaram Prezidentimiz kiberjinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligi yuzasidan tanqidiy fikr bildirdilar

🅰 Prezidentimiz raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlaganlaridek, o‘tgan yili poytaxtimizda 16 mingdan ortiq kiberjinoyat qayd etilgan, fuqarolarga yetkazilgan zarar esa qariyb 2 trillion so‘mni tashkil qilgan.

💬 Shunga qaramay, jinoyatlarning fosh etilish darajasi - 8% ga ham yetmaydi.

🎃 Jinoyatchilar bank tizimidagi bo‘shliqlar va aholining ishonuvchanligidan faol foydalanmoqda.

Prezidentimiz qat’iy savol qo‘ydilar:

“Qani natija? Himoya tizimlari qachon ishlaydi?”


⚠️ Kiberxavfsizlik sohasidagi holat hanuz tanqidiy bo‘lib, zudlik bilan tizimli choralarni talab qiladi.

Saytda o’qish uchun ◀️

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
  • 👍 19
  • ❤ 8
  • 🔥 5
  • ⚡ 1
  • 👏 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →