TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #682 1.95K
AI hakerlarni “professional” qildi - endi tajriba kerak emas 🤖

🔰 Google Threat Intelligence Group hisobotiga ko‘ra, davlat qo‘llovidagi hakerlar generativ AI’dan allaqachon real operatsiyalarda foydalanmoqda. Bu endi nazariya yoki futuristik prognoz emas - bu hozir sodir bo‘lyapti.

🇰🇵 Masalan, Shimoliy Koreya bilan bog‘liq guruhlar kompaniya xodimlari haqida ochiq manbalardan ma’lumot yig‘ib, AI yordamida aynan o‘sha odamning ishiga, lavozimiga va hatto ohangiga mos phishing xatlari yozmoqda. Endi “Salom hurmatli foydalanuvchi” davri tugadi - sizga yozilgan xat sizning HR menejeringizdan kelgandek ko‘rinadi.

👺 Xitoy va Eron APT guruhlari esa AI’dan exploit yozishda, kodni tuzatishda va ijtimoiy muhandislikni avtomatlashtirishda foydalanmoqda. Eng qiziq tomoni - ba’zi zararli dasturlar real vaqt rejimida yangi zararli kod generatsiya qilgan. Ya’ni antivirus ushlashga ulgurguncha malware o‘zini o‘zgartirib bo‘ladi.


🔒 Endi haker bo‘lish uchun 10 yil tajriba shart emas.
Junior darajadagi hujumchi ham APT darajasidagi hujum qilishi mumkin…

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 🔥 16
  • ❤ 6
  • 👍 3
  • 😱 3
  • 👏 2
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →