TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #721 1.24K
CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱

🔒 AQShning yetakchi kiberxavfsizlik agentligi - CISA jiddiy xavfsizlik xatosi sabab o‘zining bulutli tizimlari va ichki tarmoqlariga tegishli kirish kalitlarini internetda ochiq holatda qoldirib ketdi. Ushbu xavfli holatni GitGuardian kompaniyasi xavfsizlik tadqiqotchisi Guillaume Valadon aniqlagan.

💾U GitHub’dagi repozitoriylardan birida CISA pudratchisi xodimi tomonidan yuklangan himoyalanmagan elektron jadvallarni topgan. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.


💬 Valadonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu fayllarda CISA va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligiga tegishli tizimlarga kirish uchun parollar, bulutli kalitlar va maxfiy tokenlar saqlangan bo‘lgan. Ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirgan tadqiqotchi vaziyat haqida jurnalist Brian Krebsga xаbar bergan, chunki pudratchi kompaniya ogohlantirishlarga javob bermagan.

❗️ Bu hodisa CISA obro‘siga jiddiy zarba bo‘ldi. Chunki aynan ushbu agentlik AQSh federal tarmoqlari kiberxavfsizligini ta’minlash va boshqa tashkilotlarga parollarni xavfsiz saqlash bo‘yicha tavsiyalar berish bilan shug‘ullanadi. Hozircha ushbu ma’lumotlardan uchinchi shaxslar foydalanganmi yoki yo‘q - noma’lum.


CISA vakillari hodisaga izoh berishdan bosh tortdi hamda ma’lumotlar sizib chiqishi ortidan tizimga noqonuniy kirish holatlari qayd etilgan yoki etilmaganiga aniqlik kiritmadi. Agentlik o‘z xavfsizligi uchun to‘liq javobgar bo‘lishi kerak bo‘lsa-da, yanvar oyidan buyon tashkilotda doimiy direktor yo‘q va u kadrlar qisqarishi sabab jiddiy muammolarga duch kelmoqda. ❔

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • ❤ 6
  • 😁 4
  • 👀 2
  • 🔥 1
  • 😱 1
  • 🍾 1
  • 😨 1
  • 😎 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026😁Kayfiyat uchun: Maslahatchi: “Tramp tog’g’g’o, AI kiberxavfsizlikka tahdid solmoqda.” Tr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →