Tesla foydalanuvchilari xavf ostida qolishdi 🚘
🛡 Axborot xavfsizligi bo'yicha tadqiqotchi butun dunyo bo'ylab yuzlab
TeslaMate serverlari himoyasiz tarzda avtomobillarning ma'lumotlarini uzatayotganini aniqladi. Bu esa Tesla egalari haqida eng nozik ma'lumotlarning ochiq tarmoqda tarqalishiga olib kelgan.
↔️ Ochiq ma'lumotlar orasida:
- avtomobilning aniq koordinatalari va marshrutlari,
- egasining kundalik odatlari,
- zaryadlash jadvali,
- mashinaning texnik ko'rsatkichlarini kuzatish mumkin.
⌨️
TeslaMate — bu mashhur
open-source vosita bo'lib, Tesla'ning rasmiy API'si orqali mashina haqida maksimal darajada batafsil ma’lumotlarni yig'adi. Ammo muammo shundaki, dastur standart sozlamalarda autentifikatsiya talab etmaydi va avtomatik tarzda barcha tarmoqlarga ulanadi. Natijada, agar u ommaviy IP manzilga ulangan serverda ishga tushirilsa, barcha ma'lumotlar internetdagi istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo'lib qoladi.
👺 IPv4 manzillarini global skanerlash jarayonida ochiq 4000-port orqali, tadqiqotchi
taxminan 900 ta shu kabi serverni aniqladi. Bu orqali egalarining uy manzillarini, mashina qayerda turganini va qachon mashina turmaydigan joylarni kuzatish imkoniga ega bo'lishdi.
🔐
Mutaxassislar darhol xavfsizlik choralarini ko'rishni maslahat berishmoqda:- parol bilan himoyalangan reverse-proxy (masalan, Nginx) ishlatish,
- faqat localhost orqali ulanishni cheklash,
- to'g'ri firewall qoidalarini o‘rnatish,
- Grafanadagi standart login-parollarni o'zgartirish,
- imkon qadar faqat VPN orqali ulanishni yo'lga qo‘yish.
TeslaMate ishlab chiquvchilari muammoni tan oldi va yaqin yangilanishlarda
autentifikatsiya "default" bo'yicha yoqiladi, deb va'da berishdi.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram