💬 "Wccftech" nashrining xabariga ko'ra, Microsoft kompaniyasi o'zining o'yin bo‘limi "Candy Crush" o‘yinini yaratgan King studiyasida qisqartirishlar o'tkazib, 200 ga yaqin xodimni, jumladan ssenaristlar va dizaynerlarini ishdan bo'shatgan.
🤖Manbalarga ko'ra, ushbu xodimlarning vazifalari sun'iy intellektga topshirilgan. Eng qizig'i shundaki, ishdan ketgan mutaxassislarning o'zlari ushbu sun'iy intellekt vositalarini ishlab chiqishda qatnashishgan — ya'ni ular o'zlariga o'rinbosar yaratishgan.
🔟 Kompaniya rahbariyati bu qarorni ishlab chiqarish jarayonlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirish bilan izohladi, biroq ichki muhitda ruhiy tushkunlik kuchayib, HR bo'limining bu holatga loqayd qarayotgani haqida xodimlar norozilik bildirmoqda.
🤖 Bu holat sun'iy intellekt ish bozorini, ayniqsa raqamli va kreativ sohalarni qanday o'zgarayotganining yaqol misoliga aylandi.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
