TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #718 1.33K
Donald Trump sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha farmonni imzolashni kechiktirdi: hujjat unga “yoqmadi” 🇺🇸

💸 AQSh prezidenti Donald Tramp yangi sun’iy intellekt modellari sabab paydo bo‘layotgan kiberxavfsizlik xatarlariga qarshi ishlab chiqilgan farmonni imzolashni vaqtincha kechiktirganini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

🤖 Trampning aytishicha, hujjatdagi ayrim bandlar unga ma’qul kelmagan. Prezidentning ta’kidlashicha, u farmon AQShning sun’iy intellekt sohasidagi Xitoydan ustunligini zaiflashtirib qo‘ymasligiga ishonch hosil qilmoqchi.

🇺🇸 “Undagi ayrim jihatlar menga yoqmadi. Shu sabab uni kechiktirdim. Men bu hujjat to‘siqqa aylanishi mumkin deb o‘yladim va bunday bo‘lishini istamayman”, — dedi Tramp payshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda.

😀“Biz Xitoydan oldindamiz, hammadan oldindamiz va bu yetakchilikka halal beradigan hech narsa qilishni istamayman”, — deya qo‘shimcha qildi u.


📝 Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp farmonni 21-may kuni imzolashi kerak edi. Hatto bir qator texnologik kompaniyalar rahbarlariga Oq uydagi imzolash marosimi uchun taklifnomalar ham yuborilgan bo‘lgan.

🇺🇸 Bir necha hafta davomida tayyorlangan ushbu farmon kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’lumot almashish dasturlarini AI kompaniyalariga ham kengaytirishni nazarda tutgan. Shu bilan birga, ilg‘or AI modellarini federal darajada majburiy tasdiqlash talab qilinmasligi kerak edi.


🤖Hujjatda davlat tomonidan ilg‘or sun’iy intellekt tizimlarini ixtiyoriy testdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu federal, hududiy va mahalliy tarmoqlardagi hamda AQSh muhim infratuzilmasidagi zaifliklarni aniqlash va bartaraf etishga yordam berishi kerak edi.

🤖 27-mart kuni Fortune jurnalida chiqqan maqolada Anthropic startapi sinovdan o‘tkazayotgan yangi AI modeli hakerlar tomonidan mavjud kiberhimoya vositalarini chetlab o‘tishda ishlatilishi mumkinligi aytilgan edi.


Bu esa bozorda jiddiy xavotir uyg‘otib, masala hatto AQSh Mudofaa vazirligida ham muhokama qilinishiga sabab bo‘ldi.

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 😁 5
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🍾 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →